Turonbankning ishlab chiqarish V seminari
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 26.10.2024 yilda “TURONBANK” ATB Kichik va orta biznes departamenti direktorii Muazzamov Akmal bilan "Turonbank ATBda optimizatsiyalash jarayonlari" mavzusida 2024-2025 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan V-seminar tashkil qilindi.
Muazzamov Akmal tomonidan “Turonbank” АTB tizimida Kreditlarni berish tartibi, “Turonbank” ATBning kredit siyosati, ta’minoti siyosati, garov sifatida taqdim etilayotgan mol-mulk qanday talablarga javob berishi, garov mulkiga nisbatan garov shartnomalari rasmiylashtirish va taʼqiqa qoʻyish tartibi, mustaqil baholovchining hisobotiga, garov mulklarini almashtirish va qisman garovdan chiqarish tartibi, muammoli kreditlarni aniqlashda erta ogohlantirish indikatorlari, muammoli kreditlarni aniqlashda erta ogohlantirish indikatorlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari
U.Xoliyorov ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati